“NKMK jamg‘armasi” DM tasarrufidagi tibbiyot maskanlarida zamonaviy, yuqori texnologik tibbiy uskunalardan keng foydalanib kelinmoqda. Mazkur uskunalar sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etib, ularning uzluksiz va samarali ishlashi doimiy texnik xizmat, diagnostika va ta’mirlash ishlarini talab etadi.
➡️ Xususan, jamg‘armaning Zarafshon shahridagi tibbiy sanitariya qismida o‘rnatilgan yuqori texnologik tibbiy jihozlarga xizmat ko‘rsatishda xitoylik mutaxassislar jalb etilmoqda.
Mazkur masala yuzasidan “NKMK jamg‘armasi” DM bosh muhandisi A. Ibragimov xitoylik mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tibbiy jihozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, profilaktik tekshiruvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
