➡️ O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “NKMK jamg‘armasi” DMning bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tantanali tadbirda “NKMK” AJ bosh muhandisi Atabek Ravshanov barchani eng aziz, eng ulug‘ bayram – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir doirasida fidokorona mehnati va jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan bir qator yurtdoshlarimizga davlatimizning yuksak e’tirofi — «O‘zbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.


