Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

«NKMK jamg‘armasi» DM boshqarmasida «Dolzarb 60 kun» tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti (MTO‘M) o‘tkazildi.

Tadbirda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Aksiyadorlik jamiyati va «Navoiyuran» davlat korxonasi obyektlarda favqulodda vaziyatlar markazi xodimlari ishtirok etib, ishchi-xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

Mashg‘ulot davomida korxona ishchilari yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish, evakuatsiya qilish tartiblari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

Bunday tadbirlar kelgusida favqulodda vaziyatlarda har bir xodimning to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻