“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston tarixida birinchi marta jahonning yetakchi xalqaro banklaridan 5 yil muddatga garovsiz uzoq muddatli sindikatlangan kredit oldi. Bitimning umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.