«NKMK jamg`armasi» rasmiy saytiga xush kelibsiz

MUASSASA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021-yilning 29-aprelidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi.

Jamg‘armaning asosiy maqsadi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi“ davlat muassasasi mehnat jamoalari, ularning oila a’zolari va pensionerlari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi pensionerlarining davolanish, ijtimoiy-madaniy, sport-sog‘lomlashtirish, uy-joy, ovqatlanish va boshqa ehtiyojlarini qondirish va Jamg‘arma Ustavida belgilangan boshqa vazifalar va xizmatlarni amalga oshirishdir.

Jamg‘arma faoliyatining dastlabki bosqichida tasarrufiga o‘tkaziladigan aktivlarni topshirish-qabul qilish bo‘yicha Markaziy komissiya va joylarda ishchi guruhlari tashkil etilib, “NKMK” davlat korxonasi tasarrufidan Jamg‘arma tasarrufiga umumiy qiymati 604 milliard so‘mlik o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan  166 ta obyektlar  xatlovdan o‘tkazilib, qabul qilib olindi.

HUDUDIY BOSHQARMALAR

  • Boshqaruv apparati (Navoiy shahrida);
  • “Navoiy” hududiy boshqarmasi (Navoiy shahrida);
  • “Zarafshon” hududiy boshqarmasi (Zarafshon shahrida);
  • “Uchquduq” hududiy boshqarmasi (Uchquduq tumanida);
  • “Nurobod” hududiy boshqarmasi (Nurobod tumanida);
  • “Zafarobod” hududiy boshqarmasi (Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘onida).