Gazeta va jurnallar mutolaasi uchun eng qulay joyni Jamg‘arma kutubxonalaridan topasiz

Bugungi kunda ommaviy axborot va targ’ibotning ishonchli vositalari gazeta va jurnallar desak mubolag’a bo’lmaydi. Ziyoli inson vaqtli matbuotni doim mutolaa qilib borishi bilan ham ajralib turadi.

«Farhod» madaniyat saroyiga qarashli filial kutubxonasida Navoiy shahar qo’riqlash bo’limi xizmatchilari uchun «O’zbekistonda gazeta va jurnallarning bugungi kundagi ahamiyati» mavzusida taqdimot bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda «NKMK jamg‘armasi» DM tasarrufidagi hududiy boshqarmalar, kutubxonalar, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun 50 turdan ortiq gazeta va jurnallar obunasi tashkil etildi.

Bugun xohlagan inson Jamg‘arma kutubxonalariga borib, ana shu gazeta va jurnallarni mutolaa qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.