«Uchquduq» hududiy boshqarmasida ishchi-xodimlarga mehnat va fuqaro muhofazasi, yong’in va sanoat xavfsizligi qoidalari bo’yicha trening o’tkazildi.
Bunda iqlim o’zgarishining mehnat xavfsizligi va sog’lig’iga ta’siri, sanitariya-gigiyena hamda mehnat intizomi qoidalariga rioya etish, naryad-topshiriqlarini to’g’ri berish, pog’onaviy nazorat tashkil etish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligiga rioya etish to’g’risida targ’ibot ishlari amalga oshirildi.
Treningda ekologiya, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar bo‘limlari va «Uchquduq» hududiy boshqarmasi mutasaddilari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.