Tibbiy sanitariya bo‘limida skrining tekshiruvlari o‘tkazilmoqda

Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazi direktori boshchiligidagi bir guruh shifokorlar «NKMK jamg‘armasi» davlat muassasasi tasarrufidagi Tibbiy sanitariya bo‘limida bo‘lib turibdi.

Markaz mutaxassislari tomonidan ishchi-xodimlarga cho‘qurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda. Unda yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy maslahatlar va kerakli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.Shu bilan birga Tibbiy sanitariya bo‘limi mutaxassislariga ham malakali diagnostika qilish, tibbiy maslahatlar berishda zarur ko‘nikmalar berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiyot muassasalariga bergan topshiriqlariga asosan barcha viloyatlarda skrining amaliyotlarini rivojlantirish uchun bosh shifokorga, patranaj hamshiralar va statistlarga skrining amaliyotlarini o‘tkazish bo’yicha maslahatlar berib borilmoqda.

Shu bilan birga Navoiy viloyat Endokrinologiya dispanseri mutaxassislari tomonidan ham qandli diabet kasalligiga skrining tekshiruvlarini o‘tkazmoqda.

Skrining tekshiruvlari 40 yoshdan oshgan aholida endokrinoligik kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida barcha hududlarda maxsus mutaxassis nazorati ostida olib borilmoqda.

«NKMK jamg‘armasi» Axborot xizmati.