«NKMK jamg‘armasi» DM boshqarmasida Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi va 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan «NKMK jamg‘armasi» DM Jamoa shartnomasiga kiritilgan takliflar asosida Konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida Jamg‘arma Bosh direktori D.Ochilov, 7-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Nurimova ishtirok etdi.
Yakuniga yetgan yilda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha 5-sonli kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nargiza Xamidovaning hisoboti tinglandi.
Mazkur kasaba uyushmasi bosh boshqarma va «Navoiy» hududiy boshqarmasi, Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatika va aloqa uchastkasi, qo‘riqlash xizmatining 158 nafar ishchi-xodimlari manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
Konferensiya ishida takliflar qabul qilinib, 5-sonli kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va uning a’zolari saylandi.