«NKMK jamg‘armasi» DM boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviyat soati davlat ramzlariga bag‘ishlandi.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

fondnkmk.uz

Sana munosabati bilan davlat ramzining tarixi va buguniga oid ma’lumotlar taqdim etildi.

— Afsuski internet tarmoqlarida Davlat Gerbimizning turli ko‘rinishlari joylangan, agar alohida e’tibor qilib, davlat ramzlari haqidagi qonunchilikdan bexabar insonning ajratishi qiyin, — deydi muhandis Nodirjon Davronov. — Bugungi ma’ruzada davlat gerbi haqidagi asosiy ma’lumotlarga ega bo’ldik.

«Ma’naviyat soati»da navbatdagi kitob mutolaasi uchun asarlar taqdimot qilindi. Savol-javoblarda faol qatnashib, to‘g‘ri javob bergan xodimlarga kitoblar taqdim etildi.