10-13-aprel kunlari Toshkent shahrida sportning Pauerlifting va shtangani yotib ko’tarish bo’yicha o’smirlar, kattalar va faxriylar o’rtasida O’zbekiston Respublikasi chempionati bo’lib o’tdi.
Unda Rossiya Federatsiyasi, Qirg’iziston, Tojikiston Respublikalari va Hindistondan ham ishtirokchilar qatnashdi.
Navoiy viloyati shaharafini «NKMK jamg‘armasi» DM «Zafarobod» hududiy boshqarmasining «Yoshlik» madaniyat va sport markazi, «Uchquduq» hududiy boshqarmasining “Lochin” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, «Zarafshon» hududiy boshqarmasining «Alpomish» sport majmuasi shug’ullanuvchilari munosib himoya qilishdi.