25–31-may kunlari Namangan shahrida U-15 yosh toifasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning eng kuchli jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

🔵 Mazkur nufuzli musobaqada «NKMK jamg’armasi»ning Zarafshon shahridagi “Alpomish” sport majmuasi jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa Saramarqand, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlari vakillarini mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi.

Hal qiluvchi uchrashuvda esa “Alpomish” jamoasi Toshkent shahri mezbon jamoasini 69:67 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston Respublikasi Kubogini qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuq jamoaning puxta tayyorgarligi, sportchilarning jipsligi hamda murabbiylarning samarali mehnati natijasi bo‘ldi.
Murabbiyi E.Saparbaeva va jamoani ushbu g‘alaba bilan tabriklab, sportchilarga kelgusida ham yuksak marralar tilaymiz.
