“Pahlavon” bolalar sport-sog‘lomlashtirish oromgohi O‘zbekistonning eng so‘lim go‘shalaridan biri — Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida joylashgan.

🟠 Mazkur maskanga Qizilqum bag‘rida joylashgan Uchquduq, Zarafshon hamda Zafarobod hududlarida ulg‘ayayotgan bolajonlar jalb etilmoqda.

Oromgohda bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular bu yerda sport mashg‘ulotlari, turli musobaqalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

Tabiat qo‘ynida, musaffo havo va go‘zal manzaralar orasida o‘tayotgan yozgi dam olish bolajonlarga unutilmas taassurotlar, yangi do‘stlar va yorqin xotiralar ulashadi.

Birinchi davrada ushbu manzilda 300 nafar bolajon hordiq chiqarmoqda.
