NAVOIYDA ZAMONAVIY ANGIOGRAFIYA BO‘LIMI ISHGA TUSHDI

Bugun “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasining Navoiy shahridagi Tibbiy sanitariya bo‘limida zamonaviy angiografiya bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu yuqori texnologik tibbiy yo‘nalishning ishga tushirilishi nafaqat shifoxona, balki butun hudud aholisi uchun muhim voqea bo‘ldi.

🔹Mazkur bo‘limning tashkil etilishi yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash hamda zamonaviy, kam invaziv usullarda davolash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Avval bunday murakkab diagnostika va davolash xizmatlari uchun bemorlar boshqa shaharlarga yoki respublika markaziga borishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular o‘z hududida sifatli va tezkor tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur loyiha “NKMK” AJ homiyligida amalga oshirildi.